«A» Pro-ligada ötkazilgan sönggi 28-tur uçraşuvlari bilan musobaqa yakuniga yetdi. Muborakning «Maş'al» klubi turnir ğolibi sifatida kelasi yilgi Superliga bahslariga yöllanma oldi.

Asror Aliqulov şogirdlari 55 oçko bilan 1-örinni egallaşdi. Muborak klubi Superliga yöllanmasi uçun kuraşda Farğonaning «Istiqlol», Toşkentning «Oqtepa», Ğuzorning «Şörtan», Farğonaning «Neftçi», Urgançning «Xorazm» klublarini ortda qoldirdi. Sönggi ikki örinni esa «Şerdor» va «Iftixor» jamoalari band etişdi.

E'tiborlisi, mavsumning sönggi öyinidan keyin «Maş'al» jamoasi klubning «Telegram»dagi rasmiy kanali orqali turnir taşkilotçilariga haqli kinoya va savol bilan murojaat qildi:

«Ötgan mavsum «A» Pro-ligada «Andijon» ğolib bölgaç kubok topşirildi. Bu mavsum «Maş'al» çempion!! Lekin kubok qani!?» - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.

Çindan ham A Pro-liga ötgan yilgi mavsumining 35-turida «Andijon» öz maydonida «Istiqlol»ni qabul qilib, Şerzod Qosimov boşqargan bahsda qanday ğalaba qozongani hamda şaxsan PFLning sobiq rahbari qölidan kubokni qölga kiritgani köpçilikning yodida.