Prezident topşiriği bilan viloyat hokimlari tadbirkorlarga murojaatlar bilan çiqiş qilmoqda. Xususan, Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov ham viloyat tadbirkorlariga murojaat yöllab, unda qator fakt va raqamlarni keltirib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Hokimning sözlariga köra, Navoiy viloyatida tadbirkorlardan kelib tuşgan murojaatlarning asosiy qismini yer ajratiş, gaz, elektr va suv ta'minoti, qişloq xöjaligi, kreditlaş va soliqqa tortiş masalalari taşkil etmoqda.

Ötgan yilning şu davrida viloyatda kiçik biznes sub'yektlari soni 8,1 mingtani taşkil etib, ular tomonidan budjetga 266,2 mlrd söm tölangan bölsa, joriy yilning şu davrida ularning soni 14 mingdan oşib, budjet tuşumlari 508,8 mlrd sömga yetgan.

Viloyatda kiçik biznes sohasida band bölganlar soni 255,7 ming nafar aholini taşkil etib, umumiy band bölganlarning 61,7 foizi, har ming kişiga kiçik biznes sub'yektlari soni 14,1taga, kiçik biznesning budjet tuşumlarimizdagi uluşi 6 foizga töğri kelmoqda.

Navoiy viloyati bir qator körsatkiçlar böyiça mamlakatimiz miqyosida, xususan, aholi jon boşiga nisbatan sanoat mahsulotlari, qişloq xöjaligi, kapital quyilmalar böyiça birinçi, pudrat işlari, çakana savdo, xizmatlar hajmlari böyiça ikkinçi, eksport böyiça 3-örinlarni egallab kelmoqda.

Viloyatda innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yönaltirilgan va import örnini bosadigan işlab çiqaruvçi tadbirkorlar uçun butun Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zona, deb e'lon qilingan va ularga bir qator (yer, mulk, daromad va yagona soliq tölovlaridan) imtiyozlar taqdim etilgan.

Qobil Tursunovning nutqidan iqtiboslar

«Turkiya davlatidan kelgan oddiy bir dehqon Xatirçi tumanining unumdorligi past yerlarida eng yuqori hosil olib, öz biznesini rivojlantirib, daromad körmoqda».

«Viloyat aholisining aksariyat qismi qişloq joylarida istiqomat qiladi. Hududlarga borib kuzatsangiz, maktab yoki qişloq vraçlik punki, mahalladan boşqa budjet taşkiloti bölmasa, odamlar işsizlikdan noliydi. Nima uçun har bir hududda tadbirkorlikning qaysidir yönalişini taşkil etib, aholi bandligi va daromadlarini oşirişni öylamaymiz?»

«Qaçonki, tadbirkor ortiqça sun'iy tösiqlarga duç kelmasa, öz faoliyatini xotirjam amalga oşirsagina, işida unum va baraka böladi. Şundagina elimizning dasturxoni tökin, oilasi xotirjam böladi».