Sog‘liqni saqlash vazirligi pishiriqlar ichidan tabletkalar chiqayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda keks yoki shunga o‘xshash shirin pishiriqlar ichidan tabletkalar chiqayotganligi, uni iste'mol qilganlarda falajlik holatlari kelib chiqayotganligi to‘g‘risida videoxabarlar tarqalgandi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ishlab chiqarilgan manzili aniq bo‘lmagan keks yoki shunga o‘xshash shirin pishiriqlar ichidan noma'lum tarkibli tabletkalar chiqayotganligi, uni iste'mol qilganlarda falajlik holatlari kelib chiqayotganligi to‘g‘risidagi videoxabarlar bo‘yicha izoh berdi.
“Avvalo, aholidan bu kabi asoslanmagan xabarlarga ishonmasliklarini, bu borada umuman xavotirga o‘rin yo‘q ekanini alohida ta'kidlamoqchimiz”, deyiladi vazirlik tomonidan.
– Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yoki xorijdan respublika hududiga olib kiriladigan har qanday turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, keks va shunga o‘xshash shirin pishiriqlarni xavfsizligini kafolatlash uchun mahsulot olib kelgan tadbirkor murojaatiga asosan sanitariya vrachi joyiga chiqib, mahsulot sifati, uni saqlash sharoiti, olib kelingan avtotransport holatini to‘liq o‘rganadi. Mahsulotdan sanitariya-kimyoviy, mikrobiologik, radiologik tekshiruvlar uchun namunalar olinib, tegishli laboratoriyalarga topshiriladi. Tahlil natijalari amaldagi sanitariya me'yor va qoidalarga to‘liq javob bergan taqdirda sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirilib, mahsulotning xavfsizligini kafolatlaydi, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov.
Ta'kidlanishicha, 2019 yil 15 noyabr holatiga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi shifoxonalarga yuqoridagi kabi mahsulotlar bilan zaharlanish yoki kasallik alomatlari bilan aholi tomonidan hech qanday murojaatlar bo‘lmagan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlariga ham ma'lumotlar kelib tushmagan.
“Bunday asoslanmagan xabarlarga ishonib sarosimaga tushmasligingizni, shuday holatlarni eshitsangiz yoki guvohi bo‘lsangiz zudlik bilan hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlariga hamda 71 276-59-28 raqamli ishonch telefoni orqali Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi vazirlik tomonidan.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024