2018 yilning may oyidan boşlab, Özbekiston Xalqaro valuta jamğarmasining kengaytirilgan ma'lumotlarni tarqatiş umumiy tizimiga ulangan bölib, unga köra 24ta kategoriya böyiça 422ta indikator e'lon qilinib kelmoqda.

2020 yildan boşlab esa «Oçiq ma'lumotlar global indeksi» va «Oçiq ma'lumotlar barometri» xalqaro reytinglarida ham Özbekistonning iştiroki ta'minlanadi.

Bu haqda 12 noyabr kuni ötkazilgan parlament eşituvida söz bordi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat statistika qömitasi raisi Bahodir Begalovga köra, 2020 yilda ma'lumotlarni tarqatiş maxsus standartiga ötiş borasida «Yöl xaritasi» işlab çiqilib, uning ijrosini ta'minlaş çoralari körilmoqda. 2021 yil 1 yanvardan Makroiqtisodiy körsatkiçlar ma'lumotlarini tarqatiş maxsus standartiga ötilişi rejalaştirilgan.

«Keyingi uç yilda statistika tizimida 6ta yönalişda 17ta kompleks çora-tadbir amalga oşirilişi közda tutilgan. Xususan, tizimga Jahon milliy hisoblar tizimi metodologiyasini joriy etiş va «Statistikani rivojlantiriş milliy strategiyasi»ni qabul qiliş, şuningdek, oçiq ma'lumotlar portalini takomillaştiriş şular jumlasidandir», – dedi Begalov.

Parlament eşituvida deputatlar statistik ma'lumotlarning haqqoniyligi va oçiqligini ta'minlaş, ularni jahon standartlariga moslaştiriş masalalariga e'tibor qaratdi. Xususan, ma'lumotlar oçiq va haqqoniy bölmas ekan, ular dunyo ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinmas ekan, mamlakatda qulay investitsiyaviy muhitni yaratiş, çet el sarmoyadorlarini jalb etiş qiyin keçişi ta'kidlandi.

Savol-javob va muhokamalar çoğida, şuningdek, Özbekiston Respublikasining Xalqaro valuta jamğarmasi tomonidan işlab çiqilgan Ma'lumotlarni tarqatiş maxsus standartiga ötişi yuzasidan 2019-2020 yillarga möljallangan «Yöl xaritasi»ning töliq ijrosini ta'minlaş, davlat statistika hisoboti şakllari böyiça hisobotlarni onlayn rejimda topşiriş imkoniyatini beruvçi maxsus dasturiy ta'minotni bosqiçma-bosqiç  amaliyotga joriy etiş lozimligi qayd etildi.

2020 yildan Özbekiston Respublikasining «Oçiq ma'lumotlar global indeksi» va BOçiq ma'lumotlar barometri» xalqaro reytinglarida iştirokini ta'minlaş çoralarini köriş kerakligi ta'kidlandi.

Parlament eşituvi yakunida Davlat statistika qömitasining mamlakatda statistik ma'lumotlarning haqqoniyligi, işonçliligi va oçiqligini ta'minlaş yönalişidagi faoliyatini jonlantiriş, sohaga doir qonun hujjatlarini takomillaştiriş yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar berildi.