Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jahongir Ortiqxöjayev bilan boğliq audioyozuv böyiça bayonot berdi. Ma'lum qilinişiça, vazirlik uşbu vaziyatni örganiş jarayonida Boş prokuratura bilan hamkorlik qilmoqda.

«Internet naşrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 16 noyabr kuni Toşkent şahar hokimi J.Ortiqxöjayevga mansubligi ta'kidlanib tarqatilgan audioyozuvlar böyiça holat Boş prokuratura tomonidan örganilayotganligi ma'lum qilindi. 

Adliya vazirligi uşbu örganiş jarayonida Boş prokuratura bilan  hamkorlik qilmoqda», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq Boş prokuratura 16 noyabr kuni Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga mansubligi ta'kidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qaçon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boşqa holatlar örganilayotganini ma'lum qildi. Qöşimça qilinişiça, örganiş natijalari qonun doirasida körib çiqilib, ular yuzasidan qöşimça bayonot beriladi.

Şuningdek, Toşkent şahar hokimligi şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev ovozi sifatida tarqatilgan audioyozuv masalasiga oydinlik kiritiş va uni har tomonlama örganiş maqsadida mutasaddi idoralar vakillaridan iborat işçi guruh tuzilganini xabar qildi. Hokimlik ham örganiş natijalari böyiça qöşimça ma'lumot berilişini ma'lum qilgan.