Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi universitetda giyohvandlik moddasi ishlab chiqargan ikki kimyogar qo‘lga olindi
Arkanzas shtatidagi Xenderson universitetining kimyo fanlari bo‘yicha ikki nafar dotsenti metamfetamin ishlab chiqargani uchun hibsga olindi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 45 yoshli Terri Devide Beytman va 40 yoshli Allen Roulend 11 oktyabrdan ishdan chetlatilgan.
Universitetning marketing va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti Tina Xollning so‘zlariga ko‘ra, 8 oktyabryada universitet ilmiy markazi binoda tarqalgan kimyoviy hid sababli tekshiruv uchun yopilgan.
Markaz havo tozalanganidan so‘ng, 29 oktyabrdan o‘z ish faoliyatini qaytadan boshlagan. Xoll dotsentlar markazda giyohvandlik moddasi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanganmi-yo‘qmi, aniqlik kiritmagan.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026