Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Zelenskiy Parijda ilk bor yuzma-yuz uchrashadi
9 dekabr kuni Parijda Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha Ukraina, Rossiya, Germaniya va Fransiya ishtirokida "normandcha shakl"dagi sammit bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yelisey saroyi matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar doirasida Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiylarning shaxsiy uchrashuvi ham o‘tkaziladi.
Avvalroq Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvda vositachilik qilishga tayyorligini bildirgandi.
Bunga javoban Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossiya va Ukraina rahbarlarining uchrashuvi mazmunli kun tartibisiz samarali bo‘lmasligini” ma'lum qildi.
“Putin bunday uchrashuvlarni rad etmasligini aytgan, ammo uchrashish uchungina uchrashuv o‘tkazish oz foyda keltiradi deb hisoblaydi. Hozirda barcha e'tiborimiz normandcha shakldagi uchrashuvga tayyorgarlikka qaratilgan”, — dedi Peskov jumladan.
Mavzuga oid
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026