Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga taşrif buyurdi.

Uşbu IT-park Prezidentimizning 2018 yilda Hindistonga davlat taşrifi çoğida erişilgan kelişuv asosida, Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan Hindiston Respublikasining Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoşidagi Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati hamkorligida taşkil etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi qarorida texnopark faoliyatini yölga qöyiş çora-tadbirlari belgilandi, şu maqsadda direksiya tuzildi. Quriliş işlari jadal olib borilib, joriy yil iyulda uning dastlabki binosi foydalanişga topşirildi.
Davlat rahbari bu yerda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

Texnoparkda mutaxassislar uçun barça qulayliklar yaratilgan, istiqbolli startap-loyihalarni qöllab-quvvatlaş böyiça inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari taşkil etilgan. Axborot texnologiyalari, moliya texnologiyalari, logistika, elektron tijorat, elektron ta'lim, biotexnologiya va boşqa yönalişlardagi ilk loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
Masalan, AQŞdagi transport korxonalariga logistika hamda kafe va pitsseriyalarga autsorsing böyiça texnologik xizmat körsatiş yölga qöyilgan. Texnoparkning bu kabi xizmatlari arzonligi, sifati qolişmasligi bilan xorijliklarga ma'qul bölmoqda.

- Iqtisodiyotimiz barqarorligi, har bir sohaning sifati va samaradorligi, aholiga qulayliklar yaratiş axborot texnologiyalari bilan boğliq. Şuning uçun bu sohaga yanada keng imkoniyat, zarur infratuzilma yaratiş, mutaxassislarni har tomonlama rağbatlantiriş, qobiliyatli yoşlarni tarbiyalaş kerak, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Mazkur texnopark rezidentlari sifatida röyxatdan ötgan korxonalar 2028 yilning 1 yanvariga qadar soliqlar va bojxona tölovlaridan ozod etilgan. Bu soha mutaxassislariga katta madad bölib, texnoparkka qiziqişni oşirmoqda. Qisqa vaqtda uning rezidentlari soni 300 dan ortdi.



















