Yamanlik husiyçilar Qizil dengizda qölga olgan, Janubiy Koreyaga tegişli kemalarni ekipaji bilan birga 2 kun ötib qöyib yubordi. Bu haqda Janubiy Koreya taşqi işlar vazirligi ma'lum qildi.
Kemalar Yamanda 17 noyabrda soat 21.50da bosib olingan. Ulardan ikkitasi Janubiy Koreyaga, bittasi Saudiya Arabistoniga tegişli bölgan. Hammasi bölib kemalarda 16 kişi, jumladan 3 nafar janubiy koreyalik bölgan. Ikki kun ötib, ya'ni 19 noyabr soat 18.40 atrofida AQŞ va mintaqadagi davlatlar sa'y-harakatlari bilan dengizçilar ozod qilingan.
Kemalar mahalliy vaqt bilan 20 noyabr ertalab Saudiya Arabistonining Jizan porti tomon yöl olib, 2 kundan keyin u yerga yetib borişi kerak.
Janubiy Koreya voqea bilan boğliq holda kemalarda xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş topşiriğini bergan.
Husiyçilar avvalroq ta'kidlaganidek, kemalar ular haqiqatan ham Janubiy Koreyaga yoki “agressor davlatlarga” tegişli ekanini aniqlaş maqsadida töxtatilgan. Kemalar Janubiy Koreyaga tegişli ekani tasdiqlansa, ularni qöyib yuborişga va'da qilingan.

















