Texnologiya Len Xamfriz va Sidney universiteti professori Tomas Maşmeyyer tomonidan yaratilgan. Olimlarning ta'kidlaşiça, yangi texnologiya har qanday, jumladan qayta işlanişi texnologiyasi bölmagan plastikni ham qayta işlaşga imkon beradi.

Olimlar tomonidan yaratilgan qurilma – katalitik gidrotermal reaktor (Cat-HTR) plastikning sifatini qaynoq suv va yuqori bosimda molekulyar darajada özgartiradi. “Reaktor plastmassani suyuq holatga keltiradi, söngra undan bitum, benzin yoki turli plastmassa buyumlar oliş mumkin”, deb aytgan Len Xamfriz. Yangi texnologiya an'anaviy qayta işlaşdan farqli, plastmassalarni rangi va turi böyiça ajratişni talab qilmaydi. Reaktor sut uçun karton qutidan boşlab gidrokostyumlargaça barça narsani qayta işlaşi mumkin.

Len Xamfriz

Ta'kidlanişiça, texnologiya sinovdan ötgan va butun dunyoda tatbiq qiliş uçun tayyor.

Xamfrizning aytişiça, avstraliyaliklar har yili 3,5 mln tonna plastikni çiqindiga taşlaşadi, undan bor-yöği 10 foizi qayta işlanadi. Yanga işlanma esa plastik bilan ifloslanişga qarşi kuraşda sezilarli yordam berişi mumkin.