Sönggi yillarda dunyo iqtisodiyotida töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş körsatkiçlari tuşib bormoqda. Şunday bölsa-da, Markaziy Osiyo davlatlarida bu körsatkiç 2018 yilda örtaça 8 foizdan 10 foizgaça ösdi.
Xususan, Özbekistonga töğridan töğridan xorijiy investitsiyalar oqimi 2018 yilda uç barobarga oşdi.
Bu haqda Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengaşining 20 noyabr kuni bölib ötgan ikkinçi oraliq majlisida söz yuritdi.

Vazirga köra, Özbekistonda töğridan töğri xorijiy investitsiyalar dinamikasi bundan keyin ham ösişda davom etişi kutilyapti.
«Bunday ösiş körsatkiçlari Özbekistondagi islohotlar, jumladan, valuta bozorini liberallaştiriş, mamlakatning dunyo hamjamiyatiga oçilişi, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytiriş kabi çoralar samarasi ölaroq qayd etildi», – degan Umrzoqovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uçun, Xorijiy investorlar kengaşi prezidentning 13 noyabrdagi qarori asosida taşkil etilgan edi.

















