Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni aholini ijtimoiy muhofaza qiliş sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

«Sönggi ikki yilda ijtimoiy nafaqa oladiganlar soni 1,3 baravarga, nafaqa miqdori 2 baravarga oşirilgani, işlayotgan pensionerlarga pensiyani töliq tölaş tartibi joriy qilingani qayd etildi.

Lekin tizim bilan boğliq muammolar saqlanib qolmoqda. Joriy yilning 9 oyida Xalq qabulxonalariga ijtimoiy nafaqalar tayinlaş bilan boğliq 36 mingta şikoyat bölgani ham şundan dalolat beradi.

Masalan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamini aniqlaş, hisobga olişning yagona mezoni yöq. Pensiya va nafaqalar miqdorini belgilaşda muhim omil bölgan iste'mol savati va yaşaş minimumi joriy qilinmagan. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar böyiça bepul davolaniş uçun beriladigan orderlar har doim ham ehtiyojmand fuqarolarga yetib bormayapti.

Bunday holatlar aholining yordamga muhtoj qismiga uy-joy ajratiş, maktabgaça ta'lim muassasalarida ota-onalar badalidan ozod qiliş kabi masalalarda ham uçraydi. Mehribonlik uyida tarbiyalangan yoşlarni uy va iş bilan ta'minlaş, yolğiz keksalarni parvarişlaş, doimiy yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslarni reabilitatsiya qiliş borasida ham kamçiliklar bor.

Aholini ijtimoiy muhofaza qiliş sohasidagi işlarni koordinatsiya qiladigan yaxlit tizim yöq, bu masalalar bilan öttizga yaqin davlat idoralari, taşkilotlar va komissiyalar şuğullanmoqda.

Yiğilişda xalqaro tajriba asosida bu sohada butunlay yangi tizimni joriy etiş masalalari muhokama qilindi. Buning uçun, avvalo, ijtimoiy kömakka muhtojlarni aniqlaş va ularni hisobga oliş, tölovlarning manzilliligini ta'minlaş zarurligi ta'kidlandi. 

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qömitasiga xalqaro taşkilotlar ekspertlarini jalb etib, iste'mol savati va yaşaş minimumini hisoblaş tartibi hamda iste'mol me'yorlarini işlab çiqiş vazifasi qöyildi. Uni avval muayyan şahar va viloyatlarda tajribadan ötkazib, keyin amalga kiritiş muhimligi körsatib ötildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Iste'mol savatçasi qiymati 1 dekabrgaça belgilanişi kerak

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev «iste'mol savatçasi» tuşunçasini qonunçilikda mustahkamlaş va uni amalda ta'minlaş mexanizmlarini yaratiş kerakligi haqida 2017 yil dekabrdagi parlamentga murojaatnomasida