Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 22 noyabr kuni qişloqlar va şaharlarda aholini uy-joy bilan ta'minlaşning yangi tizimini joriy etiş böyiça amalga oşiriladigan çora-tadbirlar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
«Aholini munosib turar joy bilan ta'minlaş maqsadida oxirgi uç yilda 104 mingta, jumladan, qişloqlarda 63 mingta va şaharlarda 41 mingta xonadonga möljallangan arzon uy-joylar foydalanişga topşirildi.
Şunga qaramay, bu ösib borayotgan aholining talabini töliq qondiriş uçun yetmayapti. Buni joriy yilning 9 oyida Xalq qabulxonalariga uy-joy masalalari bilan boğliq 36 mingdan ziyod murojaat bölganidan anglaş mumkin.
Köpçilik uyining sifati talabga javob bermasligidan norozi. Qişloqlarda qurilgan ayrim mavzelar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanmagan. Ba'zi uylar sotilmay qolgan, ba'zilarining esa krediti tölanişi muammoli.
Bu kabi kamçiliklarning sababi şundaki, arzon uylarning barqaror moliyaviy manbasi mavjud emas va asosan budjet mablağlariga boğlanib qolgan. Tizimda raqobat töla şakllanmagan va xususiy sektor iştiroki yetarli emas.
Xalqaro taşkilotlarning hisob-kitoblariga köra, Özbekistonda aholi ehtiyojini töla qondiriş uçun har yili 145 ming xonadondan iborat uylar quriş kerak. Buning uçun yiliga qariyb 30 trillion söm mablağ zarur böladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Ma'lum qilinişiça, keyingi yildan boşlab, aholini uy-joy bilan ta'minlaş borasida yangi tizim joriy etiladi. Endi uylar davlat tomonidan emas, töliq xususiy sektor tomonidan quriladi.
Davlat aholiga ipoteka kreditlarini maqbul şaroitlarda beriş orqali uy-joyga talabni qöllab-quvvatlaydi. Ipoteka kreditlari beriş uçun resurslar miqdori banklar va hududlar böyiça çeklanmaydi.
Bu tizim taklif sifatida joylarda muhokama qilinganda, barça quruvçi-tadbirkorlar uni ijobiy qabul qilgan. Aholining kredit oliş imkoniyati kengaytirilsa, narxi hozirgilaridan baland bölmagan, lekin sifati yaxşi uylar qura olişini bildirgan.
Şulardan kelib çiqib, endilikda şaharlarda uy-joy qurilişi quyidagi tartibda amalga oşiriladi.

















