Ertaga, 23 noyabr kuni «Humo Arena»da Özbekiston tarixida ilk bor aralaş jang san'atlari (MMA) böyiça GFC-20 turniri bölib ötadi. Turnir doirasida 12ta jang ötkaziladi. Keçaning markaziy töqnaşuvida rossiyalik Umar Nurmagomedov argentinalik Brayan Gonsalesga qarşi jang olib boradi. 

12 jangning 7tasida özbekistonlik sportçilar ham oktagonga çiqişadi. Bular – Nursulton Röziboyev, Amin Ergaşev, Muzaffar Rajabov, Jamşid Rahmonaliyev, Ahliddin Mirzadavlatov, Jahongir Jumayev hamda Avliyoxon Hamidov.

Bugun «Xalqaro anjumanlar saroyi»da uşbu turnir oldidan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda Özbekiston aralaş jang san'atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov, turnirning asosiy mehmoni sifatida yurtimizga taşrif buyurgan UFC çempioni Habib Nurmagomedov, uning otasi hamda ustozi Abdulmanap Nurmagomedov va boşqalar iştirok etişdi.

Matbuot anjumanida Özbekiston MMA prezidenti Otabek Umarov turnirni qabul qilişdan maqsad nima ekanligi haqida gapirib ötdi:
«GFC-20 turnirini Toşkentda ötkazişga rozi bölganliklari uçun taşkilot rahbarlariga rahmat aytaman. Bu – boşlanişi. Kelajakda bundan-da katta musobaqalarni Toşkent şahri va viloyatlarimizda ötkazişni maqsad qilganmiz. MMAni rivojlantiriş uçun jahon darajasidagi maşhur sport murabbiylarini ham yurtimizga taklif etmoqçimiz».

UFC çempioni Habib Nurmagomedov bu turnir özbek sportçilari uçun tramplin vazifasini bajarib berişini alohida ta'kidlab ötdi.
«Bu turnirning Özbekistonda ötkazilişi özbek sportçilari uçun tramplin vazifasini bajarib beradi. 4-5 yil içida özbek aralaş jang san'ati sportçilari UFC'ning markaziy janglarida özlarini körsatişadi».

Şuningdek, Habib Özbekistonda çempionlik jangini ötkazişga rozi ekanligini ham aytib ötdi.
«Özbekistonda jang qilişga qarşi emasman. «Humo Arena» UFC janglarini ötkaziş uçun mos keladi. Agar Özbekiston MMA federatsiyasi UFC bilan kelişa olsa, men bajonidil bu yerda jang qilgan bölardim».

Özbekiston aralaş jang san'atlari terma jamoasi boş murabbiyi Sunnat Ilyosov sportçilarimiz bölajak janglarga tayyor ekanligini aytdi.
«Tayyorgarligimiz a'lo darajada ötdi. Sportçilar jangga tayyor. Muxlislarni ğalabalar bilan xursand qilişga intilamiz».