“Onlayn nazorat-kassa maşinalari va virtual kassa tizimi qöllanilişini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, naqd pul tuşumiga ega tadbirkorlar aholidan naqd pulni qabul qilişda prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5813-son farmoni bilan tasdiqlangan grafikda belgilangan muddatga qadar onlayn-nazorat kassa maşinalari yoki virtual kassadan foydalanişga ixtiyoriy, uşbu muddat tugagaç majburiy ravişda ötadilar (istisno holatlar ham mavjud).

Qarorga köra, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oşirişda onlayn-nazorat kassa maşinalari yoki virtual kassa tizimini qöllaş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, Özbekiston hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanişga ruxsat etiladi.

Tadbirkorlar Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalarni mustaqil sotib olişi hamda texnik xizmat körsatiş markazlarini ixtiyoriy tanlaş huquqiga ega.

Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalar davlat soliq xizmatlari organlarida röyxatdan ötkazilişi lozim, röyxatdan ötkazganlik uçun tölov undirilmaydi.