Ta'kidlanişiça, hukumatlarga qarşi namoyişlar vaqtida huquq-tartibot idoralari xodimlari namoyişçilarning yuziga öq uzgani sababli ular köz jarohati olgan.
Naşr ma'lumotlariga köra, Çili politsiyasi rezina öqlar qöllaşga favqulodda vaziyatlardan taşqari taqiqlov borligiga qaramay, bunday öqlardan foydalanmoqda.
Jumladan, 23 noyabrdagi namoyişlar vaqtida 127 kişi jarohat olgan. Ma'lumotlarga köra, jabrlanuvçilar orasida politsiyaçilar ham bor. Namoyişçilar noroziliklar vaqtida binolarga öt qöyib, politsiya bölimlariga hujum qilişgan.
Çili prezidenti Sebastyan Pineraning siyosatiga qarşi noroziliklar boşlangan vaqtdan beri 17 mingdan köproq odam hibsga olingan, ulardan 950 nafari hanuzgaça tergov izolyatorlarida uşlab turilibdi.
Çililiklar bir oydan köproq vaqtdan beri ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikka hamda siyosiy elitaga qarşi norozilik bildirmoqdalar.

















