Tanga Buyuk o‘ymakorlar seriyasiga kirib, old tomonida yozuvchi Edmund Spenserning “Parilar qirolichasi” poemasining qahramoni Una va unga hamrohlik qiluvchi sher tasvirlangan. Una qirolicha Viktoriyani (1819-1901), sher esa Britaniya xalqini ifodalaydi. Tanganing orqa tomonida esa qirolicha Viktoriyaning yon tomondan ko‘rinishi tasvirlangan.

Zarbxona bosh o‘ymakori Gordon Sammersning aytishicha, gigant-tangani yaratishda o‘ymakorlikning an'anaviy usullari bilan birga zamonaviy texnologiyalar qo‘llangan. Tanga sotilgan, biroq u necha pulga ketgani ma'lum qilinmagan.

Ushbu seriyaga kamroq og‘irlikdagi – 2 kglik tangalar ham kirgan. Ma'lum qilinishicha, shunday tangadan 4 dona chiqarilmoqchi. Ularning har biri narxi 154,5 ming dollargacha yetadi. Kolleksiyaga, shuningdek, shunday dizayndagi kichik kumush tangalar ham kirgan.