Maktabgaça ta'lim vazirligida jamoatçilik kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.

Kengaş tomonidan maktabgaça ta'lim tizimida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, şuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantiriş dasturlarida jamoatçilik fikri va manfaatlarini hisobga oliş, fuqarolarning, yuridik şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qiliş sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini ta'minlaş, maktabgaça ta'lim xizmatlarini körsatiş, bolalarni soğlom ovqatlantiriş tizimida va ijtimoiy şeriklik doirasida amalga oşiriladigan bitimlar, şartnomalar, loyihalar va dasturlarni röyobga çiqariş böyiça davlat organi va uning mansabdor şaxslarining faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini yanada kuçaytiriş mexanizmini yaratiş borasida fikr almaşildi.

Şu bilan birga, vazirlik mutasaddi xodimlari tomonidan jamoat kengaşi nodavlat, notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta'minlaş uçun vazirlikni fuqarolar bilan boğlab turadigan «köprik» rolini bajarişi muhimligi ta'kidlandi.

Yiğilişda kun tartibidagi masalalar yuzasidan bayonot berildi va uşbu jamoat kengaşi raisi etib f.f.d, professor E'tibor Siddiqovna Sultonova tayinlandi. Şuningdek, jamoatçilik kengaşi tarkibini körib çiqiş va yangilaş borasida takliflar ilgari surildi. Tez orada yangilangan tarkib vazirlik tomonidan e'lon qilinadi.

Jamoatçilik kengaşining kelgusida bajariladigan iş rejasi, faoliyati, maqsadlari aniq belgilab olindi.