Avval ham qonunçilikda huddi şu tartib mavjud edi. Ammo ayrim sabablarga köra asosan 23-24 yoşdagilar yuborilar edi.

Bugun, 29 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Mudofaa vazirligi rahbariyati va mutasaddilari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilinişiça, yangi yildan 27 yoşda ham bir yillik harbiy xizmatga boriş mumkin.

Tadbirda qayd etilişiça, Özbekiston prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi «Özbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni ötaş tartibini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori bilan joriy yildan muddatli va safarbarlik çaqiruv rezerviga çaqiriş, belgilangan xizmat muddatlarini ötab bölgan muddatli harbiy xizmatçilarni Qurolli Kuçlar rezerviga böşatiş tadbirlari fevral-mart oylaridan mart-aprel oylariga köçirildi.

Joylardagi harbiy-ma'muriy sektorlar tomonidan Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda 82ta bino, jumladan, 3ta yiğin, 21ta çaqiruv punkti va 58ta mudofaa işlari bölimlari qayta ta'mirlandi.

2019 yil çaqiruvi uçun 100 ming nafarga yaqin yoşlar örtasida bilim va jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlaş böyiça tanlov ötkazilib, ulardan 80-85 foizi muddatli harbiy xizmatga yaroqli deb topilib, tanlab olindi.

«Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan yiğin va çaqiruv punktlari tibbiy anjomlar, asbob-uskunalar bilan töliq jihozlandi. Tibbiy komissiyalarning samarali işlaşi va çaqiriluvçilar tibbiy körikdan sifatli hamda xolisona ötkazilişini ta'minlaş yuzasidan tegişli çora-tadbirlar işlab çiqildi.

Şuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan hamkorlikda rezervga böşatilgan yoşlarni işga joylaştiriş böyiça mehnat yarmarkalari taşkil etdi», deya Mudofaa vazirligi boşqarma boşliği Uluğbek Qodirovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.