Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Kanadadagi fojiada o‘zbekistonliklar halok bo‘lganini tasdiqladi
O‘zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi yengil motorli shaxsiy samolyot qulashi natijasida asli o‘zbekistonlik Otabek Obloqulov va Bobomurod Nabiyev, shuningdek, ularning oila a'zolari (jami yetti kishi) halok bo‘lganligi haqidagi xabarlarni tasdiqladi.
Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, voqea 27 noyabr kuni Kanadaning Ontario provinsiyasida yuz bergan.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Otabek Obloqulov tomonidan boshqarilgan, u turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandi, shuningdek, boshqa qarindoshlari bilan birga dam olish kunlarini o‘tkazish uchun Toronto shahridan Kingston shahriga yo‘l olgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot qulashining sababi noqulay ob-havo bo‘lishi mumkin.
Elchixona tomonidan ko‘rilgan shoshilinch choralar, jumladan, Kinston shahri politsiyasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha qurbonlarning shaxsi aniqlangan.
Elchixona konsullik huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish choralarini ko‘rayotgani aytiladi.
Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti va mamlakatning Vashington shahridagi elchixonasi marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan va AQSh (Alabama, Arkanzas, Kolorado, Delaver, Vashington, Florida, Jorjia, Kentukki, Luiziana, Meriland, Missisipi, Shimoliy Karolina, Oklahoma, Janubiy Karolina, Tennessi, Texas, Virjiniya), Kuba, Kanada, Braziliya hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Vashington shahridagi elchixonasiga +1-202-887 -53-00, +1-202-251-82-98 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.
Avvalroq, Kanadada bortida o‘zbekistonliklar bo‘lgan samolyot qulagani, ularning barchasi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
11:19 / 29.06.2026
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
07:43 / 13.06.2026