Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi.

Delegatsiyalar rahbarlari aeroportga birgalikda keldilar. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mintaqa davlatlari rahbarlarini şaxsan kuzatib qöydi.

Eslatib ötamiz, 29 noyabr kuni Toşkent şahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi maslahat uçraşuvi bölib ötdi. Sammit işida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Qozoğiston birinçi prezidenti — elboşi Nursulton Nazarboyev, Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov iştirok etdi.

Sammit yakunida qöşma bayonot qabul qilindi hamda maslahat uçraşuvlariga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş reglamenti ma'qullandi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uçraşuvi kelgusi yili Qirğizistonda ötkazilişi belgilandi.

Kunning birinçi qismida bölib ötgan muzokaralardan keyin Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Köksaroy qarorgohidagi faxriy mehmonlar xiyoboniga köçatlar ötqazdi. Şundan keyin siyosatçilar Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga taşrif buyurişdi va Özbekistonning birinçi prezidenti haykali poyiga gulçambar qöyiş marosimida iştirok etişdi.