1 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari akademiyasi taşabbusi bilan Toşkent şahri köçalari böylab soğlomlaştiriş marafoni ötkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Marafon 8 dekabr - Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan taşkil qilinmoqda. 

Marafonda Qurolli Kuçlar akademiyasi şaxsiy tarkibi, harbiy pensionerlar va boşqa taşkilot hamda vazirliklardan kelgan mehmonlar iştirok etadi.

Şu munosabat bilan Qurolli Kuçlar Akademiyasi – Kiçik halqa yöli – Taraqqiyot köçasi – “Aşxobod sayilgohi” istirohat boği – Mirzo Uluğbek şohköçasi – Parkent köçasi – Qurolli Kuçlar akademiyasi yönalişidagi köçalar qisman yopiladi. 

Marafon soat 10:00 da Qurolli Kuçlar akademiyasi saf maydonidan start oladi. 

Unda iştirok etiş istagini bildirganlar salomatlik marafoniga taklif etiladi.