Sport | 14:00 / 01.12.2019
8782
1 daqiqa o‘qiladi

Murod Zuhurov futbolchilik faoliyatini yakunladi

Foto: Tribuna.uz

«Bunyodkor» darvozaboni Murod Zuhurov futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda «Qaldirg‘ochlar» matbuot xizmati xabar bergan.

«So‘g‘diyona» bilan o‘yindan so‘ng futbolchi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qilgan.

Klub matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, kelasi yil Murod Zuhurov uchun xayrlashuv uchrashuvi o‘tkaziladi.

36 yoshli Zuhurov futbolchilik faoliyatini 2003 yil «Do‘stlik» jamoasida boshlagan. Keyinchalik «Metallurg» (2004-2006), «Navbahor» (2007), «Bunyodkor» (2008-2010, 2013-2019) va «Nasaf» (2010-2012) kabi jamoalarda o‘ynagan. U 2013 yildan buyon «Bunyodkor» klubida sardori edi.

Zuhurov 4 marta O‘zbekiston milliy jamoasi safida ham maydonga tushgan.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid