Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eski pasportda yurgan fuqarolar 30 kun ichida biometrik pasport olmasa, 669 ming so‘mgacha jarimaga tortiladi
Shu paytgacha eski pasportda yurgan, biometrik pasport olmagan fuqarolar 30 kun ichida pasportini almashtirishlari kerak. Aks holda ular Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasiga muvofiq 111 500 so‘mdan 669 so‘mgacha jarimaga tortiladi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Fazliddin Usmonov ma'lum qildi.
“O‘zbekistonda biometrik pasport olmagan fuqarolarning nobiometrik pasportlarini almashtirish muddati 2019 yil 31 dekabr etib belgilangan bo‘lib, biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolar 31 dekabrgacha taqab bormasdan hozirdanoq doimiy yashash manzillaridagi IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlaridagi ma'lumotlarni yig‘ish punktlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishlari va biometrik pasport olishlari zarur”, deydi Fazliddin Usmonov.
Biometrik pasport qanday tartibda rasmiylashtirib beriladi?
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda biometrik pasportlar 2011 yilning yanvaridan joriy etilgan bo‘lib, eski (nobiometrik) pasportlarni yangisiga almashtirish uchun dastlab 2015 yilning dekabrigacha, keyinchalik 2018 yilning 1 iyuligacha muhlat berilgan edi. Biroq bu vaqtgacha mamlakat aholisining katta qismi pasport almashtirishga ulgurmagani sababli Hukumatning 2018 yil 30 iyundagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bo‘lmagan pasportining amal qilish muddati 2019 yil 31 dekabrgacha uzaytirilgan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 2021 yilda biometrik pasport o‘rniga ID-kartalar joriy etilishi kutilmoqda. IIVning xabar berishicha, 2021 amaldagi biometrik pasportning joriy etilganiga 10 yil to‘ladi va shu yili berilgan pasportlarning muddati tugaydi. Muddati tugagan biometrik pasportlar bosqichma-bosqich ID-kartalarga almashtiriladi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
11:36 / 14.05.2026