2021 yilda jahonning eng yirik san'at muassasalaridan biri Luvr muzeyida (Parij) Özbekiston tarixi va madaniyati haqida körgazma ötkazilişi rejalaştirilgan. Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi mazkur körgazma tafsilotlari xususida Kun.uz’ga ma'lumot berdi.

«Buyuk ipak yölida sivilizatsiya va madaniyatlar» nomi ostida yirik masştabda bölib ötadigan körgazma 2021 yil 21 oktyabrdan 2022 yil 7 fevral sanasiga qadar davom etadi. Buning uçun Luvr muzeyining körgazmalar zalida 1200 metr kvadrat maydon ajratilgan bölib, bunday körgazma Özbekiston tarixida ilk marta kuzatilmoqda. 

Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi bölim boşliği örinbosari Şahnoza Işmatovaning ma'lumot berişiça, körgazmada Özbekiston tarixi va madaniyati haqida hikoya qiluvçi 310ta eksponat namoyiş etiladi. Eksponatlarning 250tasi körgazma uçun restavratsiya qilinmoqda.

«Körgazma bilan boğliq masalalarni hal qiliş uçun özbek, rus, fransuz olimlaridan iborat ilmiy qömita taşkil etilgan. Qömita işçi guruhi tarkibiga Frans Grene, Fransiz Rişar, Pavel Luire kabi jahonga maşhur madaniyat mutaxassislari, sohaning mahalliy vakillaridan Şokir Pidayev, Jangar Ilsov ham kiritilgan.

Qömita körgazmaga qöyiladigan eksponatlarni tanlaş borasida muhokama olib bormoqda. Çunki bu körgazma eramizdan avvalgi 5 asrdan tortib, eramizning 16 asrigaça bölgan Özbekistonning tarixiy davrini jonlantirib berişi, Markaziy Osiyoning qadimgi madaniyati haqida sözlab berişi lozim», deydi mutaxassis.

Hozirda körgazmaga qöyiladigan eksponatlarni restavratsiya qiliş jarayoni bosqiçma-bosqiç keçmoqda. Joriy yilning sentabr oyida ilk bosqiçi ötkazilgan restavratsiya işlarini Luvr muzeyi xodimlari va mahalliy mutaxassislar hamkorlikda amalga oşirişmoqda. Hozirga qadar Katta Langar Qur'onining 5ta sahifasi, Kofirqal'adan topilgan kuygan panno, Davlat san'at muzeyida saqlanayotgan haykal muvaffaqiyatli tarzda restavratsiya qilingan.