Bugun, 3 dekabr kuni, Ground Zero markazida Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) Mastercard xalqaro tölov tizimi bilan HUMO tizimidagi Mastercard xalqaro kartalari böyiça tölovlarni amalga oşiriş işga tuşirilgani böyiça press-brifing taşkil etildi. Unda MBPM direktori Şuhratbek Qurbonov yangilik haqida batafsil axborot berdi.
«Şu yilning dekabridan boşlab Mastercard xalqaro tölov karta egalari heç qanday çeklovlarsiz HUMO terminallaridan foydalanişlari mumkin. Biz Mastercard tizimini HUMÖga biriktirdik. Natijada, uşbu xalqaro kartalari orqali bemalol tölov amalga oşiriş imkoniyati yaratildi. Maqsadimiz yurtimiz mehmonlariga qulaylik yaratişdir. Umid qilamizki, bu harkatlarimiz mamlakatning sayyohlik oqimi yanada oşişiga öz hissasini qöşadi, respublika iqtisodiyoti oçiq va harakatçan bölişini ta'minlaydi.
Şuni ham alohida aytiş kerakki, bulutli yangilaniş maqsadida funksionalni işga tuşiriş uçun bankka borişga ehtiyoj yöq. HUMO terminallari Mastercard kartalarini töğridan-töğri qabul qiladi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şu bilan bir qatorda, tadbirda Mastercard’ning Gruziya va Markaziy Osiyo böyiça boş direktori Igor Stepanov uşbu hamkorlik Özbekistonning «oq iqtisodiyot»ga ötişida dadil qadam bölib xizmat qiladi. Naqdsiz tölovlar xavfsizlikni ta'minlaş nuqtayi nazaridan ham muhimdir.

















