Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Farğona vodiysi yöllaridagi nazorat postlari qayta tiklanayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

«Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda viloyatlarning çegara hududlarida qayta tiklanayotgan «post»lar haqida ma'lumotlar tarqatilib, nima sababdan bunday işlar amalga oşirilayotganligi töğrisida savollar köpayib bormoqda.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi «Özbekiston Respublikasi yöl xavfsizligini ta'minlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 377-son qaroriga muvofiq, respublika hududida mavjud bölgan 133ta yöl-patrul xizmati statsionar postlari va patrul-post xizmati postlaridan 74tasining faoliyati tugatilib, bugungi kunda ulardan 59tasi öz işini davom ettirmoqda.

Şu bilan bir qatorda, yuzaga kelgan tezkor va kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda, örnatilgan tartibda, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi rahbariyati bilan kelişgan holda, Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri, Toşkent şahar va Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmalari va viloyatlar içki işlar boşqarmalari boşliqlari tomonidan yöl-patrul va patrul-post xizmati postlarini vaqtinça taşkil etiş va tugatiş tartibi mavjud.

Yurtimizda rejalaştirilayotgan nufuzli siyosiy va bayram tadbirlariga tayyorgarlik köriş va ötkaziş jarayonida xavfsizlikni ta'minlaşni samarali taşkil etiş maqsadida, ayrim hududlarda vaqtinçalik yöl-patrul va patrul-post xizmati postlari taşkil etilmoqda.

IIV Axborot xizmati rahbari fuqarolarimizdan uşbu xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oşirilayotgan muhim vazifalarni töğri qabul qilişlarini hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli nomaqbul fikrlarni tarqatmasliklarini söraydi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq, mahalliy naşrlarda «Farğona—Vodil», «Farğona—Avval» yöllarida 2018 yil boşida tugatilgan nazorat postlari, şuningdek, Quvasoy şahriga kirişdagi «Pakana» posti, Qöçqorçiga kirişdagi post, «Quvasoy—Arsif» yönalişidagi «Behizor» postlari qayta tiklangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bundan taşqari, Toşkent viloyati Qibray tumanidagi Agrar universitet bilan Salor qörğoni oraliğidagi post, Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanidagi «Sarmijon» va «Eşonköprik» postlari faoliyati 2018 yil boşida töxtatilgaç, köp ötmay yana qayta tiklangan.