AQŞning United Airlines aviakompaniyasi Airbus kompaniyasining A321XLR modelidagi 50 samolyotini xarid qilişga buyurtma berdi. Xaridning umumiy qiymati 7 mlrd dollarni taşkil qiladi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Yangi samolyotlar 15 yil avval işlab çiqarilişi töxtatilgan Boeing 757-200 samolyotlari örnini egallaydi. Ayni vaqtda AQŞ aviakompaniyasi 75 ta şunday samolyotdan foydalanadi. Ularni Boeing 757-200 MAX samolyotlari bilan almaştiriş közda tutilgandi, biroq Boeing 737 MAX samolyotlari Indoneziya va Efiopiyada halokatga uçragandan keyin Boeinğda yuzaga kelgan muammolar sababli aviakompaniya boşqa yeçim izlaşiga töğri kelgan.
Ta'kidlanişiça, aviakompaniya A321XLR’larni 2024 yildan xarid qila boşlaydi.
United Airlines vitse-prezidenti Endryu Nosellaning ta'kidlaşiça, yangi samolyotlar aviakompaniyaga yönalişlar tarmoğini kengaytirişga imkon beradi.
A321XLR modeli A321neöning oxirgi modifikatsiyasi bölib, avvalgi avloddagi modellarga nisbatan 30 foiz kamroq yoqilği sarflaydi. U, şuningdek, tor fyuzelyajli samolyotlar uçun rekord uzoqlikka uçişi (8,7 ming kilometr) bilan ajralib turadi. Jumladan, samolyot AQŞning şarqiy qismidan Yevropaga qönişsiz parvozlar amalga oşirişga imkon beradi.













