Telegram kanallarida Toşkent şahrining Beltepa dahasida issiq suv quvuri yorilib ketgani va köçada issiq suv daryo bölib oqayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
«Toşissiqquvvati» davlat unitar korxonasi Şayxontohur tumani bölimi boş muhandisi Said Qahhorovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, hodisa Şayxontohur tumani Beltepa mahallasidagi 9-uy yonida sodir bölgan.
«Hodisaga aynan nima sabab bölgani haqida hozir bir narsa deyolmaymiz. Bu avariya röy bergan joydagi quvurlarni oçganimizdan keyin ma'lum böladi.
Hozir suvni öçirib, kavlaşni boşladik. Ayni paytda suv taşqariga çiqmayapti. Kanaldagi suvni tortib olganimizdan keyin quvurni oçib, muammoni zudlik bilan bartaraf qilamiz. Taxminan 3 soatlarda issiq suv va issiqlik ta'minotidagi uziliş tiklanadi», deydi mutasaddi.
















