Özbekiston Respublikasining Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksi loyihasi e'lon qilindi. Tegişli qonun loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Qayd etilişiça, ma'muriy huquqbuzarliklarga oid qonun hujjatlari qonuniylik, qonun oldida tenglik, insonparvarlik, odillik, tekşiriş, ayb uçun javobgarlikning muqarrarligi, şaxsiy daxlsizlik va mulk daxlsizligi prinsiplariga asoslanadi.

Qonuniylik prinsipi

Kodeksda belgilangan tartib va asoslarda körsatilganidan boşqaça tarzda ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisida iş yuritiş, ma'muriy huquqbuzarlik yuzasidan javobgarlikka tortiş, ta'sir çoralarini qöllaş mumkin emas.

Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqişga vakolatli bölgan organlar (mansabdor şaxslar) Kodeks talablariga amal qilişi şart. Uşbu organlar (mansabdor şaxslar)ning ma'muriy ta'sir çoralarini qöllaşi ularning vakolatlari doirasida amalga oşiriladi.

 Qonun oldida tenglik prinsipi

Jismoniy şaxslar ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uçun ma'muriy huquqbuzarlik yuzasidan javobgarlikka jinsi, irqi, millati, tili, kelib çiqişi, mulkiy yoki mansabdorlik holati, yaşaş joyi, dinga munosabati, nodavlat notijorat taşkilotlariga mansubligidan qat'i nazar tortiladilar.

Yuridik şaxslar ma'muriy huquqbuzarlik sodir qilganlik uçun mulk şakli, joylaşgan joyi, taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar ma'muriy huquqbuzarlik yuzasidan javobgarlikka tortiladilar.

 Insonparvarlik prinsipi

Ma'muriy jazo ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan şaxsning qadr-qimmatini kamsitiş maqsadini közlamaydi.

Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körişda şaxsning şa'nini yerga uradigan va qadr-qimmatini kamsitadigan qarorlar va harakatlar qiliş taqiqlanadi, şaxsiy hayot töğrisidagi ma'lumotlarni töplaş, qöllaş va tarqatişga yöl qöyilmaydi.

 Odillik prinsipi

Ma'muriy jazo çorasi odilona bölişi, ya'ni ma'muriy huquqbuzarlikning oğir-yengilligiga, aybning va şaxsning qonunga xilof harakati yoki harakatsizligi darajasiga muvofiq bölişi kerak.