«Özekspomarkaz»da Xalqaro press klub tomonidan ötkazilgan navbatdagi sessiyada ma'lum qilinişiça, asalarilarning zotini yaxşilaş borasida Ukrainadan 2 ming 450ta «karpat», Germaniyadan 125ta «karnika» zotli naslli ona-arilar keltirildi. Ilmiy maqsadlar uçun esa Germaniyadan mahalliy şaroitga moslaşişni örganiş uçun 50ta «bakfast» zotli onalar olib kelindi. Yil davomida 19 ming tonnadan ortiq asal yetiştirildi. Hozirda asal iste'moli aholi jon boşiga 0,56 kilogrammga töğri kelmoqda.

Tadbirda ta'kidlanişiça, ötgan 10 oy içida asalariçilik sub'yektlari soni 14 ming 430taga, asalari oilalari soni esa 816 mingtaga yetkazildi. 300 ming dollar miqdordagi asalariçilik sohasida işlatiladigan zamonaviy uskuna va jihozlar, mumparda va mum mahsulotlari bojxona tölovlaridan ozod qilingan holda import qilindi.

Şerali Suyarqulov

«2018-2019 öquv yilidan boşlab Farğona davlat universiteti va Samarqand veterinariya tibbiyot institutida «Asalariçi-zootexnik» mutaxassisligi böyiça oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaş boşlandi. Barça hududlarda bittadan kollejlar belgilanib, örta ma'lumotli asalariçilar ta'lim oliş uçun «Asalariçi-zootexnik» mutaxassisligi böyiça bir yillik öqiş taşkil etildi. Çet ellik mutaxassislar kollej öqituvçilari uçun asalariçilik kursini öqitiş metodikasi böyiça seminarlar ötkazdi. Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş va talabalar almaşiş maqsadida Rossiya, Isroil va Ukrainaning ilmiy va öquv muassasalari bilan gorizontal aloqalar örnatildi», deya «Özbekiston asalariçilari» uyuşmasi raisi Şerali Suyarqulovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Matbuot anjumanida aytilişiça, Özbekiston asalariçilar uyuşmasi taşabbusi bilan 2,5 mingdan ziyod asalariçilar oilalari bahorgi-yozgi davrda Qirğiziston toğlariga vaqtinçalik olib çiqilib, qöşimça 120 tonna toğ asali imtiyozli asosda respublikaga olib kirildi. Sönggi uç yil içida mum va mumni qayta işlaş sexlari soni 5tadan 12tagaça köpaytirildi.

Hasan Rahmatov

«Yakunlanayotgan yil uyuşma va bankimiz ta'sisçiligida lizing kompaniyasi faoliyati taşkil etildi. Buning natijasida tijorat banklarining krediti va lizing kompaniyaning öz mablağlari hisobidan lizing asosida asalariçilik uçun zarur uskunalar va inventarlar, asalari uyalari işlab çiqariş texnologik liniyalari, asal qadoqlaş uskunalarini lizing asosida yetkazib beriş yölga qöyildi.