Tadbirda içki işlar vaziri örinbosari Rustam Hotamov iştirok etib, kadrlar bilan işlaş tizimiga mutlaqo yangiça yondaşuv lozimligi, tizimni nopok xodimlardan tozalaş, kadrlar bilan işlaş faoliyatida xolislik, şaffoflik va adolat tamoyillariga sözsiz rioya qiliş zamon talabi ekanligi ta'kidlab ötdi.
Hozirgi kunda xodimlar örtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlaş, öqitiş, malakasini oşiriş borasida qator işlar amalga oşirilayotganligi, lekin ayrim mutasaddi rahbarlarning uşbu masalaga öta mas'uliyatsizlik bilan yondaşib kelayotganligi, tizimda hamon nopok xodimlar tomonidan xizmat burçiga, qasamyodiga xoinlik qilinib, poraxörlik, tamagirlik, mansab vakolatini suiiste'mol qiliş kabi xatti-harakatlar sodir etilişi davom etayotganligi tanqid qilindi.

Jumladan, joriy yilning hisobot davrida eng köp intizom buziş holatlari Yöl harakati xavfsizligi (820), Patrul-post (508) hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş (127) xizmatlari hissasiga töğri kelgan. Şu bois uşbu sohaviy xizmatlarning barça şaxsiy tarkibini yil yakuniga qadar navbatdan taşqari attestatsiyadan ötkaziş töğrisida topşiriq berildi.
Bu borada Içki işlar vazirligi markaziy apparati, öquv muassasalari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Toşkent şahar va Toşkent viloyati içki işlar boş boşqarmalari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Farğona viloyatlari içki işlar boşqarmalari kadrlar bilan işlaş xizmatlari rahbarlari yöl qöygan kamçiliklari uçun qattiq ogohlantirilib, yil yakuniga qadar faoliyatida özgariş qilmagan taqdirda ularning lavozimlarida qoliş yoki qolmaslik masalalari körib çiqilişi xaqida ogohlantirildilar.

Şuningdek, poraxörlik, tamagirlik, mansab vakolatini suiiste'mol qiliş kabi salbiy illatlarga moyilligi bor nopok xodimlarni barvaqt aniqlaş va ularni tizimdan çetlaştiriş çoralarini köriş yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegişli topşiriqlar berildi.












