Oşqozon tirnab turganda tanovul qiliş man etilgan mahsulotlar röyxati:

1. Xamirturuş
U oşqozon gazi işlab çiqarilişiga hissa qöşadi, oşqozon şişib ketadi, bilamizki, bu juda yoqimsiz jarayon. Şuning uçun, har qanday xamirturuşli pişiriqlarni oç qoringa yeyişdan saqlaniş kerak. 

2. Yogurt
Yogurt tanovulidan asosiy maqsad nima? Undagi foydali bakteriyalar ovqat hazm qilişga yordam beradi. Agar uşbu zarur bölgan mitti kömakçilar ovqatlanişdan oldin tanaga kirsa, ular şunçaki agressiv me'da şirasi bilan sörilib ketadi va bundan naf bölmaydi. Ya'ni, oç qoringa yogurt yeyiş xavfli emas, şunçaki befoyda. Uni faqatgina ovqatdan keyin iste'mol qiliş kerak. 

3. Kofe
Kofein oşqozon şilliq qavatiga kirganda, uni qitiqlay boşlaydi. Bunga javoban u me'da şirasini işlab çiqaradi va agar u boşqa oziq-ovqat bilan ta'minlanmasa, ğazablanadi, özini tajovuzkor tutadi va şilliq qavatni kemira boşlaydi, şuning uçun bir munça vaqt ötgaç gastrit rivojlanişini boşdan keçirişga töğri keladi.

Bundan taşqari, kofein öt pufagini ham tirnaydi. 

Şuningdek, qahvaning ta'sirini sut bilan yumşatiş mumkinligiga işonganlarni xafa qiladigan yangiligimiz bor. Gap şundaki, qahva va çoy tarkibidagi biriktiruvçi moddalar sut oqsillarini birlaştiradi va buyrak toşlari bilan qöşilib ketuvçi deyarli erimaydigan birikmalar hosil qiladi. 

4. Şakar
Va şirinliklar yoki şirin mevalar kabi barça mahsulotlar, masalan banan. Şakar organizm tomonidan zudlik bilan söriladi va oşqozon osti bezini tirnaydi. Bunga javoban u insulin işlab çiqarişni boşlaydi. Qonda şakar miqdori darhol pasayadi, şuning uçun biz sergak va kuçli böliş örniga beparvolik va çarçoqni boşdan keçiramiz.

5. Tsitrus mevalar
Ular juda köp kislotaga ega, bu oşqozon şilliq qavatini yemiradi. Agar sizda oşqozon bilan boğliq muammolar bölmasa, nordon ta'mli meva iste'mol qilganingizdan söng köngil aynişi holati yuzaga kelmasa, unda maslahatlarimizga beparvo bölişingiz mumkin. Ammo oşqozon kislotasi yuqoriligi bilan keçuvçi gastrit, oşqozon yarasi va oşqozon-içak traktining boşqa muammolaridan aziyat çekuvçi insonlar sitrus va ulardan tayyorlanuvçi yangi siqilgan şarbatlardan voz keçişlari yaxşiroqdir. Heç bölmaganda töq qoringa tanovul qiliş kerak.