2019 yilning 10 oyi davomida ötgan yilning şu davriga nisbatan xotin-qizlar iştirokidagi jinoyatlar 32,8 foizga kamaygan. Bu haqda AOKAda «Xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar örtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga qartilgan çora-tadbirlar» mavzusida ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

«Hamkorlikdagi tadbirlar natijasida 2019 yilning ötgan davri mobaynida respublikada 5624 nafar xotin-qizning işga joylaşişiga kömaklaşildi, 4807 nafariga moddiy va ijtimoiy yordam körsatildi, davolaşga muhtoj 1500 nafar xotin-qiz tibbiy dispanserlarga yuborildi, 1688 nafariga şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarini qayta tiklaşda yordam körsatildi.

Bundan taşqari, 271 nafar xotin-qiz Zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni reablitatsiya qiliş va moslaştiriş hamda öz joniga qasd qilişining oldini oliş markazlariga yuborildi», deya IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi boşliği Baxtiyor Berdialiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Boşqarma boşliğining ta'kidlaşiça, 2019 yilning 10 oyi davomida ötgan yilning şu davriga nisbatan xotin-qizlar iştirokidagi jinoyatlar 32,8 foizga, ya'ni 4861tadan 3267taga kamaygan. Şu bilan birga, 25 mingdan ortiq oilaning notinçligiga barham berilgan, 10 mingdan ortiq yoş oilaning ajralib ketişi oldi olingan.

Avvalroq Özbekistondagi profilaktika inspektorlarini qöl kişanlari bilan ta'minlaş 72 foizga yetgani, qisqa fursatda bu körsatkiç 100 foizga çiqişi ma'lum qilingan edi.