«Fuqarolar bilan muloqot paytida xodimlarning özini taniştirmasligi, xizmat guvohnomasini körsatişni talab qilgan fuqarolarga qöpollik qilişi bilimsizlik, özini odamlar ustidan ustun qöyiş sababli röy beradi. Ayrim xodimlar özini juda katta lavozim egasi deb öylay boşlaydi yoki xizmat formasini kiygaç, fuqarolar bilan muloqotda katta vakolatlarga ega böldim deb hisoblaydi. Bunday xodimlardan biz voz keçamiz.
Bir narsaga e'tibor beriş kerak: hozirgi kunda xodimlarimizning 99 foizini oliy ma'lumotlilar taşkil qiladi. Şundan 14 foizi huquqşunos, 50 foizini pedagoglardan olganmiz, 35 foizi boşqa sohalar böyiça oliy ma'lumotga ega bölgan şaxslardan iborat. Şu bilan birga, 1 foiz xodimlar örta maxsus ma'lumotga ega.
Lekin yetarliça amaliy iş tajribasiga ega bölmagan xodimlar ham bor. Masalan, staj böyiça xodimlarimizning 26 foizi hali tizimda bir yil ham işlamagan. Ya'ni ularning soha böyiça lozim darajada könikmasi yöq. Oldin nima iş qilgan bölsa, qayerlarda öqigan bölsa, öşa holatda safimizga kelib qöşilyapti. Biz şuning uçun ham uç oylik kurslarni joriy qilganmiz, bundan taşqari, qişloq-şahar modullari asosida haftaning har şanba kunlari profilaktika inspektorlarini onlayn platforma orqali öqitiş işlarini yölga qöyganmiz.
Şunday bölsa-da, içki işlar organlari safiga jalb etilganiga bir yil ham bölmagan xodimlarimiz iştirokida ayrim salbiy holatlar uçrab turibdi», degan Baxtiyor Berdialiyev.
Uning sözlariga köra, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida 1 yildan 3 yilgaça iş tajribasiga ega xodimlar 23 foizni, 3 yildan 5 yilgaça stajga ega bölganlar 17 foizni, 15 yildan köproq vaqtdan buyon xizmat qilib kelayotganlar esa 7 foizni taşkil qiladi.
«Har qanday holatda fuqaro bilan töğri muloqot qilmagan xodimlar haqida ma'lumotga egamiz. Sababi har kuni keçki payt tungi xizmatga tuşadiganlarga bu borada tegişli yöriqnomalar beriladi. Odamlar bilan xuşmuomala böliş, özini qonunda belgilangan tartibda taniştiriş, xizmat guvohnomasi söralganda körsatiş. Buning heç ham yomon tomoni yöq.
Fuqaroning söraşga haqqi bor. Qonunda belgilangan. Har bir xodim özini taniştirib, xizmat guvohnomasini körsatib, fuqaro nima uçun töxtatilganini tuşuntirgandan keyin ham muloqotni boşlasa böladi», deydi Baxtiyor Berdialiyev.
Avvalroq IIV boş boşqarma boşliği profilaktika inspektorlariga tölanayotgan oylik, ularga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida ma'lumot bergandi
















