Qadrli vatandoşlar!

Muhtaram dehqon va fermerlar!

Avvalo, barçangizni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni qutluğ ayyom – Qişloq xöjaligi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Hammamizga yaxşi ayonki, qişloq xöjaligi iqtisodiyotning eng qadimiy, heç qaçon öz örni va ahamiyatini yöqotmaydigan tayanç tarmoqlaridan biridir. 

Ana şunday muhim sohaning zalvorli yukini öz yelkasida kötarib kelayotgan mirişkor dehqon va fermerlar, zahmatkaş çorvador va pillakorlar, mohir suvçi va irrigatorlar, öz işining haqiqiy ustasi bölgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va mutaxassislarni dunyodagi eng olijanob kasb egalaridir, desak, ayni haqiqat böladi.

Çindan ham, buyuk mutafakkir şoirimiz Alişer Navoiy bobomiz aytganlaridek, har erta bahorda yerga uruğ qadab, rizq yölini oçadigan, xonadonlarimizdagi tökinlik va fayzu baraka sababçisi bölgan sizdek fidoyi insonlarga har qança tasannolar aytsak arziydi.

Uşbu bayram munosabati bilan sizlarni qutlar ekanmiz, bu yilgi maşaqqatli mehnatingiz, erişilgan natijalar va oldimizda turgan rejalar haqida atrofliça töxtalişimiz tabiiydir.

Avvalo sayyoramizdagi global iqlim özgarişlari hamda mintaqamizdagi ekologik muammolar oqibatida qişloq xöjaligida har yili ilgari körilmagan yangi-yangi sinov va qiyinçiliklar paydo bölayotganini qayd etiş lozim.

Lekin, köpni körgan, doimo yer bilan tillaşib, dardlaşib yaşaydigan dehqon va fermerlarimiz ana şunday murakkab şaroitda ham omilkorlik bilan, boy bilim va tajribasi, ilm-fan yutuqlarini işga solib, möl hosil yetiştirişga muvaffaq bölmoqdalar. 

Joriy yilda sizlarning peşona teringiz bilan 7 million 130 ming tonna ğalla, 2 million 845 ming tonna paxta, 19 ming 600 tonna pilla, 21 million tonna meva-sabzavot, 400 ming tonna şoli, 2 million 600 ming tonna göşt va 11 million tonna sut mahsulotlari, 8,1 milliard dona tuxum olingani bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi. 

Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik toza mahsulotlar işlab çiqariş dolzarb masala bölib borayotgani sir emas.

Şuning uçun ham biz iqtisodiyotimizni, jumladan, qişloq xöjaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş, oziq-ovqat ekinlari yetiştirişga alohida e'tibor bermoqdamiz.