«Içki işlar organlari tayanç punktlari profilaktika inspektorlari 100 foiz imtiyozli kredit asosida «Matiz» rusumli maşinalar bilan ta'minlangan. Şuningdek, mahalliy budjet hisobidan 7,1 foiz profilaktika inspektorlarini avtomaşinalar bilan ta'minlaş, ayni paytda «Matiz» rusumli avtomobillar işlab çiqarilmayotgani sababli ularga «Spark» maşinalari ajratilişi böyiça böyiça «Asakabank» bilan hamkorlikda işlar olib borilmoqda», deya Baxtiyor Berdialiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

IIV mulozimining qöşimça qilişiça, profilaktika inspektorlariga imtiyozli kreditlar asosida ajratilgan avtomobillardan xizmat davrida foydalangani uçun sarflangan yoqilği-moy mahsulotlarini kompensatsiya qiliş maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 maydagi 301-sonli qaroriga şu yilning 11 martida özgartiriş va qöşimçalar kiritilib, unga muvofiq avtomobillarning xizmat faoliyati davridagi xarajatlari uçun mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 1,5 barobariga teng qöşimça ustama haq tölab boriş yölga qöyilgan.

«Profilaktika inspektorlari şaxsiy avtomobillaridan xizmat davrida foydalangani uçun har oyda 300 ming söm atrofida pul ajratiladi. Benzin puli somsaçilardan va boşqalardan yiğib olinişi profilaktika xizmatiga bildirilgan boşqaça ohangdagi söz deb hisoblayman.

Marhamat, biz şu böyiça iş olib boryapmiz. Huquqbuzarlik profilaktikasi boş boşqarmasining sayti yaratilyapti. Erta-indin e'lon qilamiz. Aynan mana şu saytimizda aholining fikri bilan profilaktika inspektorlarining faoliyatiga baho beriş tizimi yölga qöyiladi», deydi Baxtiyor Berdialiyev.

Senator Farrux Dadaxöjayev avvalroq profilaktika inspektorlarining xizmat maşinalari uçun benzin quyiş öşa hududlardagi novvoy va somsaçilar çekiga tuşayotganini aytgan va IIV rahbariyati mazkur masalaga e'tibor qaratmayotganini tanqid qilgan edi.