«Kelgusi yildan boşlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qiliş tartibi joriy etiladi. Şu orqali suriştiruv va dastlabki tergov jarayonida muvozanatni, ya'ni özaro tiyib turiş tamoyillarini ta'minlaş imkoni yaratiladi. Bunday muhim özgariş ham bizning tajribamizda birinçi marta joriy etilmoqda.
Sir emas, ilgari prokuratura idoralari nihoyatda yopiq, nazoratdan xoli bir organga, ta'bir joiz bölsa, oxirgi instansiyaga aylanib qolgan edi. Buning oqibatida qança-qança odamlar nohaq jabr çekkani, adolatsizlikka duçor bölgani ham ayni haqiqat. Qançalik oğir va noxuş bölmasin, biz şu haqiqatni tan olib, bu sohada qonuniylik va adolatni qaror toptirişga kirişdik.
Işonamanki, prokuror qarori ustidan sudga murojaat qiliş böyiça rivojlangan demokratik mamlakatlarda amal qiladigan bunday tajribani joriy etiş hayotimizda adolat mezonini mustahkamlaşda ulkan qadam böladi», dedi prezident.
Davlat rahbari sud biror mansabdor şaxsning qöli yetadigan idoraga aylanib qolişiga mutlaqo yöl qöymaslik şartligiga e'tibor qaratdi.
«Sudlarning çinakam mustaqilligini ta'minlaş biz uçun eng ustuvor vazifadir. Ayniqsa, sud biron-bir mansabdor şaxsning qöli yetadigan idoraga aylanib qolişiga mutlaqo yöl qöymaslik şart. Şu sababli sud işlariga aralaşgani yoki sudga bosim ötkazgani uçun javobgarlikni kuçaytiriş lozim.
Keyingi paytda Xalq qabulxonalariga kelib tuşayotgan murojaatlarning aksariyati sud, prokuratura, içki işlar idoralari faoliyatidagi kamçiliklarga taalluqli. Şuni inobatga olib, uşbu idoralar xalqimiz bilan işlaşning mutlaqo yangi tizimini yaratişi zarur. Har bir ariza va şikoyatning qonuniy yeçimi ana şu idoralar rahbarlari faoliyatiga berilgan baho böladi.
Bunday yangi özgarişlarni avvalo, xalqimiz, jumladan, yurtimizda qonun ustuvor ekaniga işonib sarmoya kiritayotgan çet ellik hamkorlarimiz har tomonlama his qilişlarini istardim», deydi prezident.












