Saylov kunida öz yaşaş joyida böliş imkoniyatiga ega bölmagan saylovçilar 12 dekabr kuni soat 09:00dan 18 dekabr soat 18:00ga qadar muddatidan oldin ovoz berişi mumkin böladi. Bu haqda 10 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida bölib ötgan brifingda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi örinbosari Mahmud Istamov ma'lum qildi.

Foto: Xalqaro matbuot markazi

«Saylov kodeksining 57-moddasiga muvofiq muddatidan oldin ovoz beriş saylovga ön kun qolganida boşlanadi va saylovga uç kun qolganida tugallanadi. Ya'ni, 12 dekabr kuni soat 09:00dan boşlanib, 18 dekabr soat 18:00ga qadar ötkaziladi.

9 dekabrga qadar barça saylov okruglariga va uçastkalariga saylov byulletenlari yetkazib berildi. Öz navbatida, muddatidan oldin ovoz berişni taşkil etiş maqsadida barça saylov uçastkalariga okrug saylov komissiyasi rahbarlari tegişli byulletenlar yetkazib berilişini ta'minlaş zarur», deya MSK raisi örinbosari Mahmud Istamovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Brifingda ta'kidlanişiça, saylovçi muddatidan oldin ovoz beriş uçun saylov kuni yaşaş joyida böla olmasligining sabablari (ta'til, xizmat safari, xorijga çiqiş va hokazo) körsatilgan ariza bilan uçastka saylov komissiyasiga murojaat qilişi talab etiladi. Saylovçidan saylov kunida böla olmasligining sabablarini tasdiqlovçi qöşimça hujjatlarni talab qiliş taqiqlanadi.

Tadbirda muddatidan oldin ovoz beruvçi saylovçilarning huquqlarini ta'minlaş maqsadida saylovçilar sonining 5 foizi miqdorida, jami 936 mingdan ortiq saylov byulletenlari tayyorlanib, saylov uçastkalariga töliq yetkazib berilgani, 10251ta saylov uçastkasi muddatidan oldin ovoz beriş uçun tölaqonli tayyorligi ma'lum qilindi.

Mahmud Istamov xorijda muddatidan oldin ovoz berişni taşkil etiş böyiça amalga oşirilgan işlarga ham töxtalib ötdi.

«Respublikamizning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxona va konsullik idoralarida tuzilgan 55ta saylov uçastkasida muddatidan oldin ovoz berişni taşkil etiş böyiça zarur çoralar körildi. Xorijdagi saylov uçastkalari saylov jihozlari, xususan saylov kabinalari va qutilari, nomzodlarning tarjimai holi va dasturi aks etgan plakatlar, xorijda ovoz beriş tartibini tuşuntiruvçi flayerlar, kanselyariya mollari, davlat ramzlari, zarur miqdorda saylov byulletenlari bilan töliq ta'minlandi.

12 dekabrdan boşlab, xorijdagi uçastka saylov komissiyalarimiz saylovçilar ziç yaşaydigan, işlaydigan yoki öqiydigan joylarda köçma saylov qutilarida muddatidan oldin ovoz berişni taşkil qiladilar. Xorijdagi muddatidan oldin ovoz beriş vaqti va joyi töğrisidagi ma'lumotlar Taşqi işlar vazirligi, diplomatik va boşqa vakolatxonalarning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi», deydi Mahmud Istamov.