2019 yilning 11 oyi davomida ozodlikdan mahrum etilgan şaxslar tomonidan 219 mlrd sömlik 66 turdagi mahsulot işlab çiqarilib, 15,2 mlrd söm daromad olingan.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, bu haqda IIV Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi boşliği örinbosari – Işlab çiqariş-texnika boşqarmasi boşliği Şarofiddinxöja Usmonov 9 dekabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilgan.

«Ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarning mehnat bilan bandligini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida 40 ta davlat unitar korxonalari taşkil etildi. Ulardan 23 tasi işlab çiqarişga, 17 tasi qişloq xöjaligiga ixtisoslaşgan.

2019 yilning 11 oyi davomida 219 mlrd sömlik 66 turdagi mahsulot işlab çiqarilib, 15,2 mlrd söm daromad olindi. Şundan 168,6 mlrd sömlik mahsulot işlab çiqarişga ixtisoslaşgan davlat unitar korxonalari hissasiga töğri kelsa, 50,4 mlrd sömlik mahsulot qişloq xöjaligi sohasiga ixtisoslaşgan korxonalar tomonidan yetiştirildi», – dedi Usmonov.

Şarofiddinxöja Usmonov

Qayd etilişiça, mahsulotlarning 30 mlrd sömdan ortiği IIV, 2 mlrd sömlik mahsulot Mudofaa vazirligi, 75,2 mlrd sömlik mahsulot «Özşahar quriliş invest» hamda «Qişloq quriliş invest» MÇJ injiniring kompaniyalari buyurtmalari asosida işlab çiqarilgan.

Xususan, mahkumlar tomonidan Navoiy viloyatida işlab çiqarilgan 2 ming tonna ohak 155 ming dollarga Qozoğistonga eksport qilingan.

Mutasaddilarning sözlariga köra, 2019 yil 29 yanvardagi 4138-sonli prezident qarori talablari asosida davlat unitar korxonalarida tikuvçilik, beton mahsulotlari, mebel, sun'iy va tabiiy toşlar, quruq quriliş qorişmalari, poyabzal, xöjalik sovuni, plastik eşik va romlar, pişgan ğişt, suvenir mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan 48 ta yangi sex, bundan taşqari, 10 ta davlat unitar korxonasi tarkibida alohida quriliş brigadalari taşkil etilgan.

«Jazo muddatini ötayotgan 260dan ortiq mahkum tomonidan 17 ta obektda şartnoma asosida 50 mlrd.dan ortiq quriliş işlari amalga oşirilgan. Şu bilan birga mahkumlarni kasb-hunarga örgatiş maqsadida «Hunarmand» uyuşmasi bilan hamkorlikda 1285 nafar mahkumlarga kasb-hunar sirlari örgatilmoqda. «Ustoz-şogird» maktablarini tamomlagan 272 nafar mahkumga sertifikat berildi», – deydi Şarofiddinxöja Usmonov.