Parijda «Normand shakli»dagi bir necha soatlik muzokaralardan so‘ng, Rossiya va Ukraina prezidentlari Fransiya hamda Germaniya yetakchilari ishtirokida yil oxiriga qadar asirlar almashinuvi va to‘rt oydan keyin yangi uchrashuv to‘g‘risida kelishib oldilar.

Uchta muhim masala bo‘yicha kelishuvga erishishning imkoni bo‘lmagan: chegaradagi nazoratni Ukrainaga topshirish, nazorat ostida bo‘lmagan tumanlarda saylovlar o‘tkazish va Rossiya gazining tranziti. Uchrashuvning asosiy natijasi: tomonlar «kelishishga kelishib olishdi».

Parijdagi uchrashuv - Vladimir Putinning Vladimir Zelenskiy bilan birinchi shaxsiy tanishuvi, bundan oldin ular faqat telefon orqali gaplashgan, shuningdek, 2016 yildan beri o‘tkazilgan birinchi «Normand shaklidagi» sammit.

«Biz Rossiya bilan muloqotni ochdik, bu ijobiy holat», - deya Ukraina prezidenti uchrashuv yakunlariga izoh berdi.

«Qandaydir ijobiy o‘zgarish, iliqlik bormi? Menimcha, bor», - dedi Putin.

Makron «Normand sammiti»ni samarali deb atadi, Merkel esa natijalardan mamnun ekanligini aytdi: «Yaxshi niyat va ijobiy munosabat bor».

Rossiya va Ukraina prezidentlarining ikki tomonlama uchrashuvi oldidan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hamda Germaniya kansleri Angela Merkel ishtirokidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng to‘rtta davlat rahbarlari tushlik qilishdi.

«Norman shaklidagi» muzokaralar 2014 yildan beri qariyb 13 000 kishi halok bo‘lgan Ukraina sharqidagi tinchlik jarayonini qayta tiklashga urinish bo‘ldi. Ukraina Rossiyani «Donetsk va Lugansk xalq respublikalari»ni qo‘llab-quvvatlashda ayblaydi. Ukraina rasmiylarining ma'lum qilishicha, Rossiya armiyasining muntazam bo‘linmalari mamlakat sharqida joylashgan. Kreml Rossiya harbiylarining ushbu mojaroga aloqadorligini rad etib, ixtiyoriy ravishda harbiy harakatlarda qatnashgan Rossiya fuqarolari u yerda bo‘lishi mumkinligini bildirib keldi.

Nimalarga kelishib olindi

«Norman shaklidagi» yangi uchrashuv to‘rt oy ichida o‘tkazilishi kerak;

Asirlarni «barchasi uchun barchasi» shaklida almashish;

Yil oxirigacha o‘t ochmaslik rejimini joriy etish;