“Özbekiston Respublikasi yöl xöjaligi tizimini çuqur isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida” prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegram-kanalida xabar qilinmoqda.

Farmonga köra, 2020 yil 1 yanvardan boşlab:

avtomobil yöllarini loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaş, şuningdek, yöl-quriliş işlarini texnik nazorat qiliş uçun yangidan boşlanadigan obektlar böyiça şartnomalar faqat davlat xaridlari töğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ötkaziladigan tanlov (tender) yakunlari böyiça tuziladi;

yöl-quriliş işlari böyiça konsalting xizmatlari (texnik nazorat) mustaqil taşkilotlar tomonidan amalga oşirilişi mumkin;

Toşkent şahri köçalarini quriş va ta'mirlaş böyiça buyurtmaçining funksiyalarini sinov tarzida Toşkent şahar hokimligi amalga oşiradi.

Şuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boşlab, neft bitumining yöllarga möljallangan markalarini sotiş sohasida foaliyat olib boriş huquqi uçun litsenziya oliş talab etilmaydi.

Farmonga muvofiq, yöl-quriliş korxonalari MÇJ etib qayta taşkil etilgan holda Avtomobil yöllari qömitasi tarkibidan çiqarildi.

Farmon bilan “Yölquriliş” AJ taşkil etildi hamda qömita tarkibidan çiqarilgan korxonalarning ustav jamğarmalaridagi davlat uluşi mazkur AJga ötkazildi.

Avtomobil yöllari qömitasi avtomobil yöllari sohasidagi maxsus vakolatli organ va avtomobil yöllarini loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş, ta'mirlaş va ekspluatatsiya qiliş böyiça işlarning yagona buyurtmaçisi etib belgilandi.