Davlat hokimiyati va boşqaruv organlarida yiğilişlar sonini kamaytiriş möljallanmoqda. Bu haqda byurokratik tösiqlarni qisqartiriş hamda davlat organlari va taşkilotlari faoliyatiga zamonaviy boşqaruv tamoyillarini joriy etiş böyiça “Yöl xaritasi”da aytilgan.

Quyidagilarni nazarda tutuvçi kompleks çora-tadbirlarni tasdiqlaş möljallangan:

faqatgina taklif etilayotgan mansabdor şaxslarning funksional majburiyatlariga oid masalalar böyiça iştiroki zarur bölgan hollarda yoki davlat siri va boşqa qonun bilan muhofaza qilinadigan sirlarga oid masalalarni muhokama qilişda davlat taşkilotlari tomonidan yiğilişlarni taşkil etiş;

muhokamalarni ötkazişning masofaviy mexanizmlarini joriy etgan holda davlat organlari va taşkilotlarining markaziy apparatlariga hududlardan xodimlarni va Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyat markazlaridagi yiğilişlarga tuman (şahar) bölinmalari xodimlarini taklif etişga yöl qöymaslik;

davlat taşkilotlari tomonidan dam oliş va bayram kunlari yiğilişlarni ötkaziş amaliyotini bekor qiliş, alohida zarurat yuzaga kelgan holatlarda ötkaziladigan yiğilişlar bundan mustasno;

aholiga bevosita xizmat yoki davlat xizmatlarini körsatuvçi xodimlarni yiğilişlarga taklif qiliş va ularga xos bölmagan vazifalarni yuklaş yoki taşqi işlarga jalb etişni (xizmat körsatiş maqsadlaridan taşqari) taqiqlaş (ular iştirokidagi yiğilişlar bevosita yuqori turuvçi taşkilotlar tomonidan faqatgina xizmat körsatiş sifatiga ta'sir etmaydigan soatlarda ular faoliyatini takomillaştiriş masalalari böyiça ötkazilişi mumkin).

Ijro muddati - 2020 yil 1 fevral, mas'ul ijroçilar - Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, boşqa davlat taşkilotlari.