Rossiya Federatsiyalar Kengaşi spikeri Valentina Matviyenko oktabr oyida Toşkentga qilgan safari mobaynida (hali prezident bilan uçraşmasdan turib) Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a'zo bölmoqçiligini söz öyinlari bilan (ataydan yoki şoşilib) aytib yuborgan edi. Bu «aytib yuboriş» kunlik suhbatlarda oddiy gap bölsa-da, siyosatda oçiq oydin «Özbekiston, qani endi a'zo bölişni tezlat!» deganday bosim bölganini ba'zi ekspertlar aytib ötişdi.

Aslida, bu kabi bosimlar yoki moddiy rağbatlantirişlar allaqaçon a'zo bölgan davlatlarni ham çetlab ötmagan körinadi. «A'zo davlatlarning YeOIIga a'zo böliş töğrisidagi qarorlariga Moskvadan majburlaş va pora aralaşuvi sabab bölgan bölişi mumkin», – deyilgan «Yevropa Parlamentining Tadqiqot Xizmati» hisobotida (2017).

Masalan, Qirğiziston uçun 1 milliard AQŞ dollari miqdoridagi Rossiya-Qirğiziston rivojlaniş jamğarmasi va 300 million AQŞ dollari miqdoridagi qarzni keçiş ittifoqqa qöşiliş bitimining bir qismi bölgan. Armanistonga esa Rossiya gaziga 30 foiz çegirma berilgan. Undan taşqari, Armanistonning qöşni Ozarboyjon va Turkiya bilan munosabatlarini hisobga olgan holda, Rossiyaning Yerevanni harbiy va siyosiy qöllab-quvvatlaşi hal qiluvçi omil bölgani haqida taxmin qiliş mumkin. Belarusga kelsak, bu davlat öz iqtisodini rivojlantiriş uçun Rossiyaning neft va gaziga, şuningdek, Yevrosiyo taraqqiyot bankining 2 milliard dollarlik qarziga tayanadi.

Bundan taşqari, a'zo davlatlarning juda köp fuqarolari Rossiyada işlaşi hisobga olinsa, Kremlning bu davlatlarga muhojirlar haqida «bir oğiz eslatib qöyişi» ham qöşimça «rağbat» bölgan, albatta. Çunki, masalan, Qirğiziston YaIMning 32,2 foizi migrantlar hisobiga töğri keladi (2017 yilgi ma'lumot). Bu körsatkiç Tojikistonda 40 foiz va Özbekistonda 15 foiz atrofida. Hatto, ba'zi manbalarda rus muzokaraçilari qirğizlarga ittifoqqa a'zo bölmaslik Rossiyadagi qirğiz muhojirlari uçun çeklovlarga sabab bölişini oçiq aytişgan ekan (Aslund 2013). Pul ötkazmalari hajmi Qirğiziston yalpi içki mahsulotining uçdan bir uluşi sifatida hisobga olinsa, bu Qirğiziston hukumatining nozik tomoni bölgan (Putz 2015).

Aksinça, YeOII örniga Yevropa Ittifoqi bilan integratsiyani tanlagan Ukraina, Gruziya va Moldova kabilar jazo çoralariga duç kelmoqda: 2013 yil dekabr oyida Rossiyaning 15 milliard dollarlik Ukraina davlat obligatsiyalarini sotib oliş haqidagi taklifiga qaramay, YeOII a'zoligini rad etgan Ukrainaning ahvoliga guvoh böldik. Gruziya va Moldova tovarlariga esa embargo e'lon qilingan.