Tarixçilar oilasi Andrey Kubatin hamda turmuş örtoği, Feruza Jumaniyozova tahririyat mehmoni bölgan, ular bilan ilm va olim tiynati, tarixçi olimni qiynagan muammolar, şuningdek, ilmiy faoliyatlari haqida suhbat qilgan edik. Quyida öşa suhbatning davomini e'tiboringizga taqdim etamiz.
«Ötkan kunlar»ni uç marta öqib çiqdim»
— Kitobsevar odam, ayniqsa, sizga öxşaş olim kişiga qamoqda kitobsiz qiyin bölmadimi? Yoki ma'lum ma'noda şaroit yaratildimi?
— Bir narsani aytişim kerakki, tergov hibsxonasimi yoki manzil koloniya böladimi – bu yerlarda kutubxona bor. Undan öqib foydalanişga imkoniyat yaratib qöyilgan. Töğri, u yerda ilmiy kitoblarni topolmaysiz, ammo badiiy asarlar bor. Masalan, öşa davrda «Ötkan kunlar»ni uç marta öqib çiqdim. Keyin 7-sonli jazoni ijro etiş koloniyasiga borganimizda kutubxonada işladim, köp vaqtim şu yerda ötardi.
Eng qiynagan narsa, bilasizmi, odam ayb qilgan bölsa va şunga yaraşa jazo olayotgan bölsa, içki qiynaliş bölmaydi; lekin qilmagan işga şunaqa jazo oliş — bu odam uçun oğir botadi.
«Oşkoralik va islohotlar bölmaganda qamoqdan çiqişim dargumon edi»
— Öşa paytda işonçingiz qay darajada edi, oqlanişingizga işonganmidingiz? Oqlanişingizga nima köproq ta'sir etdi deb hisoblaysiz?
— Yaqinlarim, oilam yugurmaganda, talab xati qilmaganda, jahon ilm hamjamiyati aralaşmaganda va avvalambor, davlatimiz tomonidan yuritilgan siyosat, oşkoralik, islohotlar bölmaganda edi, menimça, çiqişim qiyin masala edi.
«Özimda kuraşçan ayol obrazini yoqişga qaror qildim»
— Feruza opa, sizda bu davr qanday keçdi? Turmuş örtoği va yoş tadqiqotçi sifatida özingizdan ötganlarini ayta olasizmi?
— Oğir damlar edi. Şanba kuni özim işga kuzatib yuborganman va boşqa qaytib kelmagan. Keyin uzoq vaqt qidirganmiz, juda qoronği damlar edi deb ta'kidlasam ham böladi. Ayniqsa, farzandimiz uçun, u endi beş yoşda edi, tuşuntiriş nihoyatda qiyin bölgan.

















