Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasining joriy yil 13 dekabrda bölib ötgan navbatdagi majlisida, qömita raisi, senator Farrux Dadaxöjayev yöllardagi patrul postlari faoliyati yuzasidan töxtalib, xususan, katta yöllar böyidagi patrul postlarining har biri kriminalning uyasi ekani, noqonuniy postlar borligi hamda yöl böylarida «Stop» belgisini qöyişda noqonuniyliklar kuzatilişi haqida fikr bildirgan edi.

IIV axborot xizmati munosabatida aytilişiça: «bunday sub'yektiv yondaşuv Farrux Dadaxöjayev tomonidan ilgari ham, profilaktika inspektorlarining xizmat maşinalariga benzin quyiş novvoyçilarga qolib ketgan, deb bildirgan fikrida ham kuzatilgan edi».

Öz navbatida, içki işlar vazirining örinbosari Azizbek Ikromov quyidagiça izoh bergan:

Içki işlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik şaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilişdan, qonun ustuvorligini, şaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta'minlaşdan, şuningdek huquqbuzarliklarning oldini oliş va profilaktikasidan iboratdir.

Xalq posboni böla turib, huquqbuzarlik sodir etgan har qanday xodim qat'iy javobgarlikka tortiladi. Biroq, heç kimning içki işlar organi xodimlarini qonunçilikni buzişda asossiz ayblaşga haqi yöq.
 
Mutasaddi rahbarlardan ommaviy axborot vositalariga bayonot berişda aniq faktlarga asoslanişlarini va noörin hamda haqoratomuz gaplardan qoçişlarini talab qilaman. 

Şuningdek, «Töxtamasdan harakatlaniş taqiqlangan» («Stop») belgisini örnatilişi tartibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan «Yöl harakati qoidalari»ning 1-ilovasida aniq belgilab qöyilganligini, içki işlar organlari esa belgilangan tartibni ijroçisi ekanligini eslatib ötmoqçiman, deydi Azizbek Ikromov.