26 fevral kuni IIV akademiyasida kadrlar tayyorlaş tizimini isloh etiş, ta'lim sifatini yuksaltirişga bağişlangan yiğiliş bölib ötgan. Yiğilişda ta'lim jarayonida ayrim professor-öqituvçilar tomonidan öquv maşğulotini taşkil etişda jiddiy kamçiliklarga yöl qöyilayotgani, öqitişning interfaol metodlarini qöllaş, pedagogik mahoratni yuksaltirib boriş, öz ustida izlaniş va innovatsiyaga intiliş örniga, samarasiz pedagogik usul va vositalardan foydalanilayotgani tanqid qilingan.

Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği Rustam Hotamovning ta'kidlaşiça, akademiyada kursant va tinglovçilarga öqitişning zamonaviy metodikalaridan foydalanib ta'lim beriş amaliyoti töliq yölga qöyilmagan. Professor-öqituvçilar öquv jarayonida asosan nazariy ta'lim bilan çegaralanib, nazariya va amaliyotning uyğunligi ta'minlanmaganligi oqibatida akademiya bitiruvçilarining amaliyotga moslaşib ketişi uçun salkam ikki yilgaça vaqt talab etilmoqda.

«Kafedralarda faoliyat yuritayotgan köp yillik pedagogik stajga ega ayrim öqituvçilar hanuzgaça ilmiy-tadqiqot işlari bilan jiddiy şuğullanmagan. Qolaversa, kursantlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etiş, ular bilan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot işlarini jadallaştiriş va fanlarga bölgan qiziqişini yanada oşiriş maqsadida taşkil etilgan kursantlar ilmiy tögaraklari faoliyatini ham qoniqarli deb bölmaydi. Natijada kursantlarimizning respublika fan olimpiadalaridagi yutuqlari salmoği yildan yilga tuşib ketmoqda», – deya Rustam Hotamovdan iqtibos keltirmoqda akademiya axborot xizmati.

Ta'kidlanişiça, hozir akademiyada yettita mutaxassislik böyiça kadrlar tayyorlaş yölga qöyilgan bölib, kunduzgi ta'limda öqiş muddati uç yil etib belgilangan. Ta'lim jarayonida nazariya va amaliyot uyğunligini ta'minlaş maqsadida malakaviy amaliyot muddati 1,5 oydan 4 oyga uzaytirilib, Toşkent şahridagi hududiy içki işlar organlarida 17 ta kafedra filiallari taşkil etilgan. Biroq nazariy bilimlarni amaliy könikmalar orqali mustahkamlaşda uşbu filiallar imkoniyatlaridan oqilona foydalanilmagani kursantlarning yetarli iş örganiş könikmalariga ega bölmasdan xizmat faoliyatiga yöl olişi, işga moslaşuvçanligining sekin keçişiga sabab bölmoqda.