“Haqiqatan ham dunyoning aksariyat mamlakatlarida içki işlar organlari politsiya deb nomlanadi. Lekin ayrim mamlakatlarda militsiya tizimi saqlanib qolgan. Buning farqli jihati şundaki, berilgan ta'riflarga köra, militsiya köproq respublikadan turib yagona tizim orqali boşqarilsa, politsiya asosan mahalliy hokimiyat organlari tomonidan boşqariladigan hamda muammolarni pastki böğindan boşlab hal qiladigan tuzilma hisoblanadi.

Ya'ni politsiya nafaqat jinoyatçilikni jilovlaş va unga qarşi kuraşiş bilan şuğullanadi, balki ijtimoiy profilaktika bilan ham şuğullanadi.

Rustam Hotamov 

Sizga oçiğini aytaman, sönggi beş yilda Özbekistondagi içki işlar organlaridagi özgarişlar orqali politsiya tizimiga ötiş uçun juda muhim poydevor yaratildi. Içki işlar organlari bugungi kunda nafaqat jinoyatçilik bilan kuraşmoqda, balki ijtimoiy masalalarni ham yeçişga, jumladan, odamlarni tadbirkorlikka yönaltirişga, iş bilan ta'minlaşga harakat qilmoqda. Bu – politsiya tizimining elementlaridir.

Öylaymanki, Özbekistonda ham politsiya tizimiga ötiş uçun katta qadam taşlandi va yaqin yillarda bu tizimga albatta ötiladi. Çunki hozirgi kunda içki işlar tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar aynan şunga yönaltirilgan”, – deya Rustam Hotamovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uçun, 1917 yilda Rossiyadagi muvaqqat hukumat imperiya davridagi politsiya örniga jamoat tartibini saqlaş uçun “xalq laşkarlari” yoki “xalq militsiyasi”ni tuzişga qaror qiladi. Oktyabr inqilobini sodir etgan bolşeviklar esa özlarining huquqni muhofaza qiliş organlariga militsiya nomini beradi, keyin esa bu nom SSSR tarkibiga kirgan respublikalarda ham qabul qilinadi.

Özbekistonda jamiyatdagi tartibni saqlaşga qaratilgan, sobiq ittifoq davrida militsiya deb nomlangan tizim mustaqillik yillarida içki işlar organi deya qayta nomlangan bölsa-da, mohiyat özgarmasdan qolavergan.