“Aniq aytişim kerakki, vazirlik rahbariyati tizimga doğ tuşirayotgan xodimlardan butunlay voz keçiş böyiça juda katta işlarni amalga oşiryapti. Bunday xodimlar haliyam bor safimizda. Ularning yana jinoyatga qöl urişini yoki boşqa bir salbiy işini kutib ötirgandan köra, tizimda buning oldini olişga qaratilgan keng qamrovli profilaktik işlar olib borilyapti.

Içki işlar organlari tizimida Öz xavfsizlik xizmati bor. U tezkor xizmat sifatida taşkil etilgan va butun içki işlar xodimlari ustidan nazoratni amalga oşiradi, ularning xatti-harakatlari qonuniyligini muntazam tekşirib boradi. Öz xavfsizlik xizmati tomonidan Ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça departament va boşqa tegişli tuzilmalar bilan birgalikda xodimlarning qonunlarga qat'iy amal qilişi, jinoyat yoki boşqa bir salbiy illatli xodimlarni tizimdan ildizi bilan suğurib taşlaş böyiça murosasiz kuraş olib borilmoqda.

Oçiğini aytaman, vazirlik rahbariyati Öz xavfsizlik xizmati, Ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça departament va tizimdagi xodimlarning axloqi, yuriş-turişi, intizomiga mas'ul tuzilmalarga salbiy illatga ega xodimlarga qarşi kuraşiş, ulardan voz keçiş böyiça qat'iy topşiriq bergan. Lekin afsuski, bu borada hamon muammolar uçrab turibdi”, – deydi Rustam Hotamov.

Hotamovga köra, yuzaga kelayotgan muammolar içki işlar organlari xodimlarining ruhiy tayyorgarligi yetarli darajada emasligi bilan ham boğliq.

“Xorijiy tajribani oladigan bölsak ham içki işlar organlari şunday tizimki, butun dunyo miqyosida kundalik faoliyatida turli zöriqişlar, salbiy ruhiy holatlarga bevosita töqnaşadi. Mana şunday holatlarda ayrim xodimlarimizning asabi doş bermaydi, bilimi, tajribasi, fidoyiligi yetişmagani uçun xato qilib qöyadi. Buni körib-bilib turibmiz.

Şuning uçun ham içki işlar organlarida psixologik xizmat, ya'ni xodimlarning ruhiy holatiga baho beradigan, bu böyiça sörovnoma olib boradigan yangi xizmat taşkil etilgan. Bu ham tizimdagi muhitni soğlomlaştiriş, salbiy illatlarga ega bölgan xodimlarni tozalaşga xizmat qilyapti. Hali bu yönalişda qiladigan işimiz köp”, – deydi IIV akademiyasi boşliği.