Senatning yigirma beşinçi yalpi majlisi arafasida Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasida ötkazilgan yiğilişda senatorlar Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşilgan taqdirda mehnat migrantlarining Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat qilgani uçun undiriladigan patent tölovining bekor böliş yo bölmasligi bilan qiziqişdi.
Qömita yiğilişida Xalqaro mehnat taşkilotining Iş bilan ta'minlaş sohasidagi siyosat töğrisidagi konvensiyasi ijro etilişi yuzasidan axborot bergan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Özbekiston YeOIIga qöşilgan taqdirda patent tölovi bekor bölişini ma'lum qildi.
«Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşilgandan keyin patent tölovi bekor böladi. Ittifoqqa a'zo davlatlarning fuqarolari teng huquqli bölib qoladi», deya Nozim Husanovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq senator Odiljon Iminovning Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bölsa, özbekistonlik migrantlar hayoti qulaylaşişi, mehnat muhojirlariga bölgan munosabatda ijobiy özgarişlar paydo bölişini aytgan edi. Ayrim ekspertlar YeOIIga kiriş uçun migrantlar bahona bölayotganini ta'kidlaydi. Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi masalalarida birinçi navbatda milliy manfaatlarga tayanişini ma'lum qilgan edi.












